top of page

AQSH vizasi uchun endi faqat o‘z mamlakatingizda hujjat topshirishingiz mumkin

AQSH Davlat departamenti noimmigratsion viza olish qoidalarini kuchaytirdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

 

Yangi talablar

6-sentyabrdan boshlab viza uchun suhbat fuqarolik mamlakatidagi Amerika elchixonasi yoki konsulligida o‘tkazilishi kerak. Boshqa davlatda yashash uchun mahalliy ruxsatnoma bo‘lgandagina ariza topshirish mumkin.

 

O‘zbekiston uchun

O‘zbekistonliklar faqat AQShning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

 

Boshqa mamlakatlar uchun

  • Rossiya fuqarolari hujjatlarni Ostona yoki Varshavada topshirishlari mumkin bo‘ladi.

  • Belarus fuqarolari Varshava yoki Vilnyusda.

  • Ukrainlar - Varshava yoki Krakovda.

 

AQShning diplomatik vakolatxonasi bo‘lmagan yoki viza bo‘limlari ishlamaydigan mamlakatlarda maxsus lokatsiyalar belgilanadi.

 

Allaqachon tayinlangan suhbatlar

Avval tayinlangan intervyular bekor qilinmaydi. Biroq, uchinchi davlatlar orqali viza olishni rejalashtirayotgan arizachilar "ancha uzoqroq" kutishni hisobga olishlari kerak.

 

Istisnolar

Qoidalar quyidagilarga taalluqli emas:

  • xorijiy diplomatlar va amaldorlar (A vizasi),

  • xalqaro tashkilotlar xodimlari va ularning qarindoshlari (G vizasi),

  • tranzit vizalari (S2, S3).

Shuningdek, gumanitar va tibbiy favqulodda vaziyatlar yoki tashqi siyosat nuqtai nazaridan istisnolar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘shimcha choralar

Avvalroq Davlat departamenti barcha 55 mln amaldagi vizalar qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qilgan edi. Viza egalari qoidabuzarliklar - muddatdan oshib ketishdan tortib jinoyat sodir etgunga qadar "doimiy kuzatuv ostida" bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, xorijiy uzoq masofali haydovchilarga viza berish vaqtincha to‘xtatildi. Davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bu xavfsizlikka tahdidlar va amerikalik haydovchilar daromadining pasayishi bilan bog‘liq. Qat’iyroq tekshiruv tartib-qoidalari joriy etilgandan keyin berish davom ettiriladi.

bottom of page